Aytishlaricha, mashhur matematik Georg Dantsig talaba boʻlganida shunday voqea yuz bergan. Maʼruza oxirida professor doskaga sakkizta mashhur yechilmagan matematik muammoni yozib qoʻyadi. Ertasi kuni Dantsig uning oldiga kelib, daftarni uzatadi va ulardan faqat toʻrttasini yechganini, yana ikkitasini oxirigacha yetkazmaganini aytib uzr soʻraydi. Professor juda hayron qoladi. Dantsig oʻtgan maʼruzada nima bilan band edi?
Uxlab yotgan edi; uygʻonib doskadagi muammolarni koʻrgach, ularni uy vazifasi deb oʻylagan.