Xorijiy yumoreskalarning birida psixoanalitik huzuriga bemor keladi va uning Rossiyadan kelgan xonadoshining ichida Polina ismli ayol yashashini aytadi. Psixoanalitik unday boʻlsa nega qoʻshnisi jinsini oʻzgartirmasligini soʻraydi. Bunga bemor muammo Polinaning ichida yashayotgan Ivanda ekanligini, Polina esa oʻz navbatida Natasha haqida bilmasligini, Ivanning esa oʻzidagi Natashani yashirayotganini aytadi. Psixoanalitik qoʻshnisini olib kelishni soʻraganda, bemor sumkasidan darhol ... chiqaradi. Nimani?