Ma'lumki, rus askari uchun ikkita o'q kerak: biri uni to'xtatish uchun, ikkinchisi o'ldirish uchun. Napoleon esa, Dyumaga ishonadigan bo'lsak, birinchisini to'ldiruvchi boshqa bir ibora muallifi: "Rus askarini o'ldirishning o'zi yetarli emas; uni yana <...> kerakki, u <...>". Tushirib qoldirilgan ikki fe'lning shaklini o'zgartirib, taniqli faylasufga nisbat beriladigan mashhur aforizmni hosil qilish mumkin. Ushbu aforizmni ayting.