Aytishlaricha, bu shaharda har yili uning ikki qismi oʻrtasida oʻziga xos oʻyin oʻtkazilgan boʻlib, uning maqsadi toʻpni yo shimolga, yo janubga yetkazish boʻlgan. Bir safar ushbu oʻyinni kuzatuvchilardan biri: "Agar ular buni oʻyin deb atasalar, unda kurash deb nimani atashlarini tasavvur qilish qoʻrqinchli" deb aytgan. Bu voqealar sodir boʻlgan shaharni ayting.