Bir safar V. Nemirovich-Danchenko Parijda boʻlganida Bulon oʻrmonida sayr qilib yurgan edi. Toʻsatdan uning eʼtiborini bir manzara tortdi. Skameykada oʻtirgan keksa kampirning oldiga undan kam boʻlmagan keksaygan, ammo harbiy qomatini saqlab qolgan chol kelib, unga bir necha soʻz aytdi, kampir esa qoʻli bilan unga bu yerdan ketishini koʻrsatdi. Chol biroz turib, ketib qoldi. Shunda Nemirovich-Danchenko kampirning oldiga borib: "Kechirasiz xonim, nazarimda bu janob sizni xafa qildi. Siz uchun biror narsa qila olamanmi?" deb soʻradi. "Siz rusmisiz?" — deb soʻradi kampir suhbatdoshining nutqidagi aksentni sezib. "Ha", — deb javob berdi Nemirovich-Danchenko. "Unda siz meni tushunasiz", — dedi u. "Bu har kuni takrorlanadi." Va u oʻzining hamda cholning ismini aytdi. Siz ham ushbu ismlarni ayting.