Qadimgi Gretsiyadagi butun davlat tarbiyasi tizimining ixtirochisi Pifagor hisoblanadi. U davlat tuzilishining uchta yoʻnalishini — monarxiya, aristokratiya va demokratiyani belgilab bergan boʻlib, ularning maʼlum mutanosibligi ideal davlat tuzilmasini beradi. Keyinchalik bu gʻoyani Platon oʻzining "Davlat" traktatida oʻzlashtirgan va rivojlantirgan, biroq uning matnida Pifagor tomonidan ishlab chiqilgan ideal davlatning koʻrgazmali modeli mavjud emas. Sizdan ushbu kamchilikni toʻldirishingizni va Pifagorning davlat modelini chizib berishingizni soʻraymiz, siz undan ehtimol hozirgacha boshqa maqsadlarda foydalanib kelasiz.
Toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teorema chizmasi ("Pifagor ishtoni").