Viktor Ardov oʻz xotiralarida Meyerxold "Gamlet"ni sahnalashtirishga tayyorgarlik koʻrayotib, oʻzi ishongan odamlarga shunday deganini yozadi: — Tanqidchilar Meyerxold "To be, or not to be?" monologini qanday qoʻyganini koʻrishga kelishadi. Kelishadi va kutishadi: "Qanday? Qanday? Qanday?". Men esa qandayligini oʻylab topdim... — Qanday ekan, Vsevolod Emilyevich? Meyerxoldning javobini imkon qadar aniq takrorlang.