Uch yuz yil avval Janubiy Amerikadagi mustamlakalarida yangi metall topgan ispanlar uni kamsitib "kumushcha" deb atashgan. Yevropaga kelganidan soʻng olimlar va mutaxassislar uzoq vaqt davomida uni qayta ishlash va qoʻllash yoʻllarini topa olishmadi. Bu metallni turlicha: oq, chirigan, baqa oltini deb atashgan... "Nauka i jizn" jurnalining xabar berishicha, ushbu metall ilk munosib qoʻllanilishini Buyuk Fransuz inqilobi davrida topgan. Aynan qayerda?