Hozirgi Amerikada siyosiy korrektlikka intilish ba'zan absurd darajasiga yetadi. Yaqinda AQShda Injilning "siyosiy korrekt" tarjimasi nashr etildi. Masalan, undan Masihni yahudiylar xochga mixlagani haqidagi eslatma "antisemitizm"da ayblanishdan saqlanish uchun chiqarib tashlangan. Yana bir ijtimoiy guruhni xafa qilmaslik uchun tarjimonlar xristianlikdagi asosiy tushunchalardan birini shunday o'zgartirishdiki, chiziqcha (defis) orqali yoziladigan terminga yana bir so'z-qism qo'shildi. Qanday so'z qo'shilganini topgan bo'lsangiz, nomi ushbu so'zdan iborat asar muallifini ayting.