Qadimgi yunonlar ushbu ikki maʼbudaga Maxanitida — "Ixtirochi" sifatini berishgan. Yozuvchi Pavsaniyning fikricha, bu har ikki holatda ham ajablanarli emas: bir tomondan, birinchi maʼbuda "nazorat qiladigan" ishlarda odamlar nimalarni oʻylab topishmaydi va qanday hiylalar ishlatishmaydi, ikkinchi maʼbuda haqida esa gapirmasa ham boʻladi — ham nasab-nasli, ham tugʻilishi, ham maqomi, ham ayyor qahramonlarga — masalan, Odisseyga — homiyligi boʻyicha bu sifat unga tegishlidir. Har ikki maʼbudani ayting.