Ismini o'zgartirishga urinish Piter Robert Fillipsga ko'plab muammolar keltirdi. Sud yangi ismni tan olishdan, hukumat esa unga haydovchilik guvohnomasi berishdan bosh tortdi. Bu mojarolar qahramonimizga biroz mashhurlik keltirdi, lekin u superyulduzga aylangani yo'q. U qanday ism qabul qilmoqchi bo'lganini taxmin qilib, baxtsiz insonning azoblariga hamdardlik bildiruvchi gazeta maqolasining ko'p eshitilgan nomini yozing.