Qarshingizda biz Google orqali amalga oshirgan ikkita soʻrov turibdi, bunda tushirib qoldirilgan soʻzlar faqat foydalanilgan alifbosi bilan farq qiladi. Inglizcha soʻrov boʻyicha birinchi havolalar orasida italyan tilining janubiy italyancha shevasi haqidagi maqola, Amerika kinematografiyasida "nigger" soʻzidan foydalanishning muammoliligi haqidagi qayd va yana bir qancha kam tanilgan shaxslar haqida maʼlumot oldik. Ruscha soʻrov boʻyicha esa birinchi oʻntalikdagi barcha havolalar bir kishiga bagʻishlangan edi. Ushbu insonni ayting.