Ushbu adabiy qahramonning ismlaridan biri antik davr yarim xudo-qahramoni ismining fransuzcha varianti hisoblanadi, garchi bu hamma uchun maʼlum boʻlmasa-da. U favqulodda aql egasi boʻlgan va bundan juda faxrlangan, omma uchun ishlashni yaxshi koʻrgan. U ham «fizik», ham «lirik» edi. Shaxsiy hayoti oʻxshamagan, uylanmagan edi. Hech ham goʻzalligi bilan ajralib turmasdi, lekin shunga qaramay juda koʻzga tashlanardi. Uning familiyasini ayting.