Stendalning "Qizil va qora" romanidagi epizodlardan birida ota Jyulyen Sorelni taxta tilish joyidan qidirib topgani haqida hikoya qilinadi. "Jyulyen toʻsin ustida oʻtirar va arraning borishini diqqat bilan kuzatish oʻrniga, SHU ISHNI QILAR EDI. Keksa Sorel uchun bundan nafratliroq narsa boʻlishi mumkin emasdi; u Jyulyenning jismoniy mehnatga yaroqsiz nimjon gavdasini kechirishi mumkin edi, lekin SHU ISHNI QILISHGA boʻlgan ishtiyoqi unga jirkanch edi: oʻzi SHU ISHNI QILISHNI bilmasdi". Sorel ota nima qilishni bilmas edi?