Kimdir oʻrmonda sayr qilib yurib, yiqilgan daraxtni uzoq va qatʼiyat bilan arralayotgan oʻtinchini uchratibdi. Yoʻlovchi ish nega bunchalik qiyin va sekin ketayotganini koʻrish uchun yaqinroq kelibdi va debdi: "Kechirasiz, lekin nazarimda arrangiz butunlay oʻtmaslashib qolibdi. Nega uni oʻtkirlab olmaysiz?". Oʻtinchi unga ingrab nima deb javob bergan?