Kato Lomb oʻzi guvoh boʻlgan bir qiziqarli voqeani aytib beradi. Bojxona xizmatidagi ingliz ofitseri hindistonlik talabaning pasportini tekshirayotgan edi: "Sayohatdan maqsad — oʻqish". — Oʻqish predmeti nima boʻladi? — deb soʻradi xizmatchi. — IKS, — deb javob berdi ingliz tilida talaba. U IGREK soʻzini shu paytgacha faqat qogʻozda koʻrgan koʻrinadi, shuning uchun uni IKS deb talaffuz qildi. Xizmatchi kelgindini oʻtkazib yubordi va burni ostida shuncha mil yoʻl bosishga arzimaganini, chunki IKS butun dunyoda deyarli farq qilmasligini gʻoʻldiradi. IGREK soʻzi oʻzbek tiliga qanday tarjima qilinadi?