Yapon tilida, xuddi xitoy tilidagi kabi, koʻpchilik iyerogliflar bir necha qismlardan iborat. Baʼzan qismlarning maʼnosini bilib, butun iyeroglifning maʼnosini chiqarish mumkin. Masalan, "quyosh" va "oy"ni anglatuvchi qismlardan tuzilgan iyeroglif "yorugʻ" degan maʼnoni anglatadi. Agar "odam"ni "daraxt" yoniga joylashtirsa, qanday iyeroglif hosil boʻladi?