Yaqinda "Megapolis-Novosti" gazetasining xabar berishicha, Amerikaning bir necha shtatlari maʼmurlari maktab dasturida USHBU kitobdan foydalanishni taqiqlovchi qonunlar chiqardi. Bunday qarorga qahramonlardan biri yosh bolalarga yomon oʻrnak boʻlib, ularni itoatsizlikka, anʼanalarni hurmat qilmaslikka chorlashi, tartib va har qanday qonunlarga boʻysunishning ashaddiy raqibi ekanligi, boshqasi esa butun bir ijtimoiy guruh vakillarining salbiy qiyofasini yaratib, ularga sadizmga moyillikni yuklashi sabab qilib koʻrsatilgan. Agar gap qaysi personajlar haqida ketayotganini tushungan boʻlsangiz, kitobda tilga olingan guruhni ifodalovchi shaxsni ayting.