[Boshlovchiga: "ikonalar" so'zini ohang bilan biroz ajratib ko'rsating.] Umberto Eko o'z maqolalaridan birida BIRINCHISINI dabdabali ikonalar bilan jihozlangan va har bir kishiga oddiy harakatlar orqali jannatni va'da qiladigan katolik cherkovlari tizimiga qiyoslagan. IKKINCHISINI esa mas'uliyatli qarorlar qabul qilishni talab qiladigan va najot hamma uchun kafolatlanmaganini uqtiradigan protestant cherkovlari tizimiga o'xshatgan. Shubhasiz, ko'pchiligingiz BIRINCHISI bilan ishlagansiz, ammo IKKINCHISI bilan — juda kamchilik. Biz sizdan BIRINCHISINI so'ramaymiz, IKKINCHISINI ayting.