Katta ehtimol bilan siz ularning ismlarini — Mizaru, Mikazaru va Mazaru — eshitmagansiz. Lekin bu uchlikni albatta koʻrgansiz. Men sizdan ularning nima bilan shugʻullanishini aytishingizni soʻramayman — men buni koʻrsatib berishingizni soʻrayman.
Bular oʻsha mashhur uchta yapon maymunlari boʻlib, ulardan biri qoʻli bilan koʻzlarini, ikkinchisi quloqlarini, uchinchisi esa ogʻzini yopib olgan. (Aytgancha, savolda ishora bor — "eshitmagansiz", "koʻrgansiz" va "aytishingizni" soʻzlari).