Midzaru, Kikadzaru va Ivadzaru ismli maymunlar tasvirlangan 3 maymun rasmini barchangiz bilasiz. Biri koʻrmaydi, biri eshitmaydi, biri gapirmaydi. Karikaturalardan birida toʻrtinchi maymun ham tasvirlangan boʻlib, unda yuqoridagi xususiyatlarning barchasi jamlangan: hech narsani koʻrmaydi, hech narsani eshitmaydi, hech narsani gapirmaydi. Diqqat savol: Toʻrtinchi maymun nima bilan tasvirlangan?