Beyrut shahridagi firmalardan biri ikki tilli yozuv mashinkasini ishlab chiqdi. U mavjud ikki tilli yozuv mashinkalaridan maxsus tugmasi borligi bilan ajralib turadi. Bu tugma qanday vazifani bajaradi?
Bu tugma karetaning harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartiradi, chunki mashinka lotin va arab matnlarini yozishga moʻljallangan, yozuv yoʻnalishi esa turlicha: birinchisida — chapdan oʻngga, ikkinchisida esa — oʻngdan chapga.