Doʻstona suhbatda Pushkinning tanishi boʻlgan ofitser Kandyba undan: "Aytchi, Pushkin, 'rak' (qisqichbaqa) va 'riba' (baliq) soʻzlariga qofiya top", deb soʻraydi. Shoirning javobi tushirib qoldirilgan. "Yoʻq, u emas, — deb xijolat boʻladi ofitser. — Unda 'riba' va 'rak'ga-chi?". Shoirning ikkinchi javobi birinchisidan deyarli farq qilmagan. Har ikkala javobni toʻgʻri tartibda keltiring.