Savolda bogʻliq almashtirishlar bor. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Bukingem saroyidagi esdalik qabulida koʻplab gʻalati oshxona anjomlarini koʻrib, knyaz dovdirab qolmagan, eng katta qoshiqni olib, likopchasiga salat solgan. Qirolicha bundan hayratda qolgan va: «Janoblar, kelinglar knyazlardek ovqatlanamiz», – deb u ham katta qoshiq bilan ovqatlanishni boshlagan va oʻzi ham bu anjomlarning barchasidan qanday foydalanishni bilmasligini hamda xizmatkorlarga ishonishini tushuntirgan. Biz «knyaz» soʻzi bilan qaysi familiyani almashtirdik?