Aytishlaricha, 1961-yilda Yuriy Gagarin Angliyaga tashrifi chogʻida qirolicha Elizaveta II tomonidan tushlikka taklif qilingan. Qarshisida oʻnlab qoshiq, vilka va turli sirli narsalarni koʻrgan birinchi kosmonavt bir lahza dovdirab qoladi, lekin keyin qatʼiyat bilan eng katta qoshiqni oladi va likopchasiga qoʻliga ilingan birinchi narsani suza boshlaydi. Uni diqqat bilan va hatto xavotir bilan kuzatib turgan qirolicha yengil tin oladi va... Nima qiladi?