Fransuz astronomi va astronomik bilimlar targʻibotchisi Kamill Flammarion shunday voqeani soʻzlab bergan. Bir tushunmagan odam astronomga quyidagi savolni beribdi: "Men olimlar yulduzlargacha boʻlgan masofani qandaydir yoʻl bilan bilib olishganiga, ularning oʻlchamlarini aniqlashganiga va ular haqida yana koʻp narsalarni oʻrganishganiga ishonishga tayyorman. Faqat bir narsani tushuna olmayapman: odamlar buni qayerdan bilib olishgan ekan..." Nimani?