1978-yilda Bagioda Karpov va Korchnoy oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionligi uchun oʻyin Korchnoyning yomon xarakteri tufayli yuqori darajadagi janjallar bilan ajralib turgan. Masalan, Karpov oʻyin paytida kefir bilan quvvatlangan. Korchnoy bunga eʼtiroz bildirib, ichimlikning rangi, berilish vaqti va hokazolarga qarab zal tomondan ishora berilishi mumkinligini koʻrsatgan. Jyuri bu kulgili eʼtirozni rad etgan va navbatdagi janjal kelib chiqqan. Zukkko jurnalistlar mashhur iborani biroz oʻzgartirib, bu janjalni qanday nomlashgan?