Gollandiyadagi turnirga borib, grossmeyster Korchnoy qaytib kelmadi va tez orada Shveytsariyaga koʻchib oʻtib, u yerda yashash huquqini oldi. Bir oz vaqt oʻtgach, uning Volen shahridagi xonadoniga telefon oʻrnatildi. U telefonni tarmoqqa ulashi bilan birinchi qoʻngʻiroq boʻldi. Sobiq SSSR chempioni boʻlgan grossmeysterga ... haqida xabar berish uchun Sovet elchixonasidan qoʻngʻiroq qilishgan edi. Nima haqida?