70-yillarning boshida sovet grossmeysteri Mark Taymanov boʻlajak jahon chempioni Robert Fisherga chorak final uchrashuvida 0:6 hisobida halokatli tarzda magʻlub boʻldi. Baʼzi ashaddiy amaldorlar bu voqeada siyosiy sabab koʻrishdi va Taymanovning boshi uzra qora bulutlar aylana boshladi. Hamkasbiga kutilmaganda boshqa bir grossmeyster — Bent Larsen yordamga keldi. Daniyalik shaxmatchi Taymanovga qanday qilib yordam bera olgan?
Larsen ham Fisherga oʻzining (yarim final) uchrashuvida 0:6 hisobida yutqazgan. (Hisob koʻrsatilmagan javob hisobga olinmaydi).