Saymak hikoyalaridan birining qahramoni, kosmik kema kapitani quyidagi vazifani hal qilishi kerak edi: quduqda gumanoidlarning xotirasini bo‘shatadigan mavjudot bor. So‘rib olingan bilimlarni qaytarish uchun quduqqa tushish va mavjudotga simlarni ulash kerak. Buni amalga oshirishga urinayotganlarni quduqdan xotirasi butunlay o‘chirilgan holda olib chiqishardi. Hatto himoyalovchi qo‘rg‘oshin dubulg‘a ham yordam bermasdi. Ammo baribir yechim topildi. Mash’um quduqqa tushishdan oldin kapitan ekipaj a’zolari soni kamida uch baravar ko‘payganiga ishonch hosil qildi. Qadimgi paradoksga ko‘ra, o‘sha paytda uning boldir suyaklarining uzunligi taxminan nimaga teng edi?