Adabiyotshunos olimlar Uilyam Shekspirning shaxsi borasida hamon bahslashmoqdalar. Bu insonning qanday boʻlgani, qanday yashagani va umuman uning mavjud boʻlgan-boʻlmagani aniq maʼlum emas. Topilgan hujjatlarning hech biri bu savollarga yuz foiz toʻgʻri javob berishga kafolat bermaydi. Bugungi kunda faqat bitta hujjat Shekspirning hayoti, qarindoshlari, qiziqishlari, turmushi va maʼnaviy qadriyatlari haqida eng toʻliq tasavvur beradi. Bu qanday hujjat?