Urush paytida Perikl kemalar flotiliyasini tayyorlab, yoʻlga chiqmoqchi boʻladi. Ammo u kemaga chiqqanida quyosh tutilishi yuz beradi va hamma buni yomon alomat deb hisoblab qoʻrqib ketadi. Perikl kemachi qoʻrquvdan yoʻlga chiqishga botinolmayotganini koʻrib, uning koʻzlarini plash bilan yopadi va soʻraydi: "Ushbu plashga qarash senga qoʻrqinchlimi?". Kemachi: "Yoʻq", deb javob beradi. Perikl unga nima deb javob bergan?
"Unda farqi nimada? Quyosh tutilishiga sabab boʻlgan narsa bu plashdan kattaroqdir".