Hisoblanishicha, Rossiyaga bu hayvon ilk bor Yekaterina davrida olib kelingan va Moskva hayvonot bogʻida namoyish etilgan. Oʻsha davrdagi Moskva gazetalaridan biri u haqida shunday yozgan edi: u "...dunyodagi hamma narsadan kattaroq, nihoyatda tez yuguradi, tirnoqlarida oʻzgacha kuchga ega, yugurayotib toshni ilib olishi va uni toʻpponchadan oʻq uzilgandek qattiq otishi mumkin; ...poʻlat, temir, har xil pullar va yonayotgan koʻmirlarni yeydi". Gap qaysi hayvon haqida ketmoqda?