gotquestions.online

Shunday bir rivoyat bor. Bir kuni uchta koʻr odam ushbu hayvon haqida bilmoqchi boʻlishibdi. Ularning oldiga shu hayvonni keltirishibdi va birinchi koʻrga uni oldidan, ikkinchisiga toʻrtta oyogʻidan biridan, uchinchisiga esa orqasidan ushlab koʻrishni taklif qilishibdi. — Endi bu nima ekanligini bildingizmi? — deb soʻrashibdi ulardan. — Ha, — deb javob beribdi birinchisi, — u ilon kabi yumshoq va egiluvchan. — U ustun kabi katta, — debdi ikkinchisi. — U arqon kabi uzun va ingichka, — deb taʼkidlabdi uchinchisi. Koʻrlar qiziqqan hayvonni ayting.

Manba