Moskvadagi bir nechta restoranlar egasi Vadim Nikitinning fikricha, masalan, borsch tayyorlash qurbaqa oyoqchalarini tayyorlashdan koʻra qiyinroq. Bu fikrni tushuntirar ekan, u Konfutsiyning bir mulohazasini deyarli takrorlaydi. Nima uchun mijozga borsch bilan yoqish shunchalik qiyin?
Chunki borschning taʼmi qanday boʻlishi kerakligini hamma biladi, qurbaqa oyoqchalarining taʼmi qanday boʻlishini esa deyarli hech kim bilmaydi.