“Perl Harbor” filmida yaponlarning tong saharda Amerika harbiy pozitsiyalariga kutilmagan hujumi haqida hikoya qilinadi. Yapon harbiylaridan biri admiralga yaqinlashib, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini xursandchilik bilan maʼlum qilganda, admiral yuzidagi xavotirli ifoda bilan “Xursand boʻlishga hali erta, biz shunchaki buni qildik” deydi. Oʻtgan asrning oxirlariga oid mashhur manbada buni qilmaslik tavsiya etiladi. Buni qilish bilan almashtirilgan 3 ta soʻzni ayting.