Rudolf Nureyev, Mixail Barishnikovlarni gastrolga borgan davlatida turib boshpana soʻrashi va Sobiq Ittifoqqa qaytmagani Markaziy Ijroiya Qoʻmitasini ijodkor, sanʼatsevar yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangicha dastur ishlab chiqishga majbur qiladi. Qaror ijrosi boʻyicha Toshkentda tashkil qilingan ana shunday yoshlar klubiga Qurʼon suralaridan birida kishining qalbiga gʻaybiy, ilm beruvchi, yoʻllovchi, eslatuvchi narsa degan maʼnolarni beruvchi soʻz nom qilib tanlanadi.
Savol: Oʻsha nomni yozib bering.