1998 yilda Yevgeniy Ribnikov, Yuriy Vitel va Kirill Soloviyov tomonidan Sankt-Peterburgda tashkil etilgan bu guruh 2002-yilda chiqarilgan albomini "Quyosh va yorugʻlik tomon" deb nomlagan. Guruh taronalari ichida kosmos haqidagi jumla topilmaganligi biroz gʻalati. Savol. Guruh nomini unlilari bir xil bir soʻzda yozib bering. || Afisha.uz sayti maqolasida 2024-yil 12-dekabr kuni yuridik universiteti talaba Q.ZLARi tomonidan taqdim etilgan taronada aytilgan bu jumla ijtimoiy tarmoqda ancha muhokamalarga sabab boʻlgan. Asl holida kulgili mano kasb etganligiga javoban trek mualliflari aynan bu jumlani qoʻllashlarining sababi sifatida sof SEVGI tuygʻusi odamlar orasida yoʻqolib ketayotganligini keltirib oʻtishgan. Savol. Jumlada ishlatilgan unli harflari bir xil boʻlgan jonzotni yozib bering. || Kasallik sabab, ikki oy davomida, har kuni uch soat Baubining yordamchisi alifboni oʻqir va Baubi oʻziga kerakli harfga koʻz qisib qoʻyardi. Kitob nomi uchun 200 000 marta miltillash kerak boʻlib, Jan-Dominik Baubi bir ogʻiz soʻz aytmasdan kitobini nomlagan ekan. Keyinchalik esa Baubining kelajagini oʻzgartirib yuborgan asar paydo boʻlganligi qiziq holat. Savol. Kitob nomini bir xil unlidan foydalanib yozib bering.