Anʼanaviy rolli oʻyinlarning bir turini belgilash uchun inglizcha P&P [pi end pi] abbreviaturasi ishlatiladi, u pen-and-paper [pen end peype] (ruchka va qogʻoz) deb yoyiladi. Kompyuterlar paydo boʻlib rivojlangach, yangi turdagi oʻyin paydo boʻldi, uning abbreviaturasi M&M [em end em] koʻrinishida — buni "Might&Magic" [mayt end mejik] oʻyini bilan adashtirmang! Qizigʻi shundaki, oʻzbek yoki rus tiliga tarjima qilinganda ham ushbu qisqartma — M&M — ikkita M harfini oʻz ichiga oladi. Ushbu abbreviaturaning yoyilmasini ingliz yoki oʻzbek tilida ayting.