Oʻtmishda Fargʻona vodiysida bahor kelishi bilan boshlanadigan dehqonchilik ishlari oʻziga hos marosimlarga bogʻlanib ketgan. Masalan erta bahorda ilk yer haydash ramziy maʼno kasb etgan. Yer haydashni boshlab berish qishloqdagi obroʻ-eʼtiborli, piru badavlat, jismoniy sogʻlom, serfarzand keksa moʻysafidga topshirilgan. Bundan moʻl hosil olish irim qilingan. Shuningdek, yer haydashga nomzod boʻlgan moʻysafidga yana bir talab qoʻyilgan. Savol: Qanday talab?