zakovatklubi.uz

Noodatiy BLITS. Blits savollarining birinchisi uchun 10 sekund, ikkinchisi uchun 20 sekunda va uchinchisi uchun 30 sekund vaqt beriladi. BU SOʻZ yunon tilidagi “Sonlar haqidagi ilm, hisoblash sanʼati” maʼnolarini beruvchi soʻzdan yasalgan. Savol: BU SOʻZni yozib bering. || BU TERMIN lotinchadagi “oldinga intilish, muvaffaqiyat” soʻzlaridan hosil qilingan. Matematikada uning uch turi mavjud. Savol: BU TERMINni bir soʻzda yozib bering. || Tomas Maltus 1798-yilgi maqolasida yer resurslari cheklanganligini va insoniyat soni unga nisbatan juda tez oʻsishi haqida yozar ekan, D (di) va Q (kyu)ni esga oladi. Savol: D (di) bilan almashgan ikki xorijiy soʻzni yozib bering.

Manba