zakovatklubi.uz

Eslatib oʻtamiz, blitsda jamoalarga uch savol va oʻylash uchun 20 soniyadan vaqt taqdim etiladi. Uchchala savolga toʻgʻri javob berilganidagina oʻsha jamoa bir ochkoni qoʻlga kiritishi mumkin. 1) Bu soʻz lotin tilidan olingan boʻlib psixoanalizda Freyd tomonidan tasvirlangan tuzilmalardan biridir. Bu psixikaning ongsiz qismi, instinktiv harakatlarning yigʻindisidir. Diqqat savol: ushbu yigʻindining soʻzdagi ifodasini ayting! || 2) Bu ommabop musiqa turi. 1950-yillarda AQShda tijorat koʻngilochar sanʼatining yangi shakli sifatida yuzaga kelgan. Diqqat savol: Ushbu yoʻnalish nima deb ataladi? || 3) Birinchi va ikkinchi savollarning javobini topgan boʻlsangiz ularning qoʻshilishidan hosil boʻluvchi bir oʻrtamiyona jamoa nomini yozib bering!

Manba