Qarshingizda "New Yorker" jurnalining 2000-yildagi tahrirlangan karikaturasi. Arxeologlar koʻzdan kechirayotgan qoyatosh rasmidagi ovchilar toʻdasi ikki xil sutemizuvchi hayvonni (biz ularni oʻchirib tashladik) quvmoqda. Arxeologlardan biri ikkinchisiga: "Oʻylaymanki, bu [soʻz tushirib qoldirilgan] yili boʻlgan", deydi. Bu qanday hayvonlar ekanligini topib, tushirib qoldirilgan soʻzni ayting.