Amerikaning MultiDigit kompaniyasi mobil telefon klaviaturasida matn terish uchun innovatsion yechim taklif qildi. U har qanday belgini bir marta bosish orqali terish imkonini beradi, zamonaviy klaviaturalarda esa bitta belgi uchun 4 martagacha bosish kerak bo‘ladi. Bunda tugmalar sonini ko‘paytirish talab etilmaydi. Sir har bir tugmaga o‘rnatilgan maxsus sensorlardadir. Xo‘sh, agar tugma raqami bilan birgalikda kerakli belgini aniq tanlash imkonini bersa, ushbu sensorlar qanday anatomik ma’lumotni aniqlaydi?