Mirza Azizov Oʻshga borganida qurolli toʻqnashuvlar boshlanib qoladi. Aktyor doʻstiga telefon qilib, “3 kunda qaytmasam, aza ochaveringlar” deydi. 3-kuni qaytib kelganida, doʻsti “X”ni ham gaplashib qoʻyganini aytib, qora hazil qiladi. Abbos Maxstaliyev, Timur Hakimov, Sherzod Karimov kabi yosh paytida porlagan, ammo keyinchalik muxlislar umidini oqlamaganlar haqidagi maqola nomida ham X soʻzlarini koʻrish mumkin. Savol: X oʻrnidagi 3 soʻzni yozib bering.