Bir kuni mashhur aktyor mashina haydab ketayotib, belgilangan tezlikni oshirgani sababli boshqaruvni yoʻqotib, agʻdarilib ketadi. Buni koʻrgan baxtsiz hodisaning tasodifiy guvohi - yugurib kelib, aktyorni mashinadan tortib oladi. Haydovchi aktyorni darhol taniydi va uning filmlaridan birining nomini aytadi. Diqqat savol: Siz menga kino nomini emas, balki filmning final sahnasidagi aktyor shlyapasini yechgan koʻyi ayoliga qarata aytgan soʻnggi 3 ta soʻzni yozib bering.