Mintaqaviy hamkorlik va Andijon zilzilasi haqidagi savollarimizdan soʻng ushbu savolni berishni lozim topdik. Diqqat qiling savol matnida ikki soʻz chiziqcha bilan yoziladigan bir yoki chiziqchasiz yoziladigan ikki soʻzning oʻrnida keladi. 2010 yili suratga olingan Erik Daudlning “Iblis” nomli filmida uch erkak va ikkita ayol liftda qamalib qolishadi. Vaziyatni kamera orqali kuzatib turgan qoʻriqchilardan biri ushbu holatni izohlarkan, toʻlgan qayiqni eslaydi. Savol matnida almashgan chiziqcha bilan yoziladigan bir yoki chiziqchasiz yoziladigan ikki soʻzni yozib bering.