[Otishma] Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlari koʻpincha ularning u yoki bu mamlakatga qaysi yoʻl bilan kelganini koʻrsatadi. Shunday qilib, USHBU oʻsimlikning nomi ham u Rossiyaga yo Janubiy Yevropadan kelganini, yoki dastlab bu yerda pravoslav monastirlarida yetishtirilganini bildiradi. Ammo olimlarning fikricha, bu oʻsimlik dastlab sakkiz ming yil avval Xitoyda xonakilashtirilgan. Ushbu oʻsimlik bilan bogʻliq holda qaysi ruscha soʻz ingliz tiliga oʻtgan?