Maʼlumki, E. John tomonidan "Candle in the Wind" qoʻshigʻining ilk versiyasi Merilin Monroga bagʻishlangan. Shuningdek, ushbu qoʻshiqning ikkinchi versiyasi yaqinda yozilgani va marhum malika Dianaga bagʻishlangani ham maʼlum. Mashhur rok musiqachisi Mik Jagger shunday deydi: "E. John ushbu qoʻshiqning navbatdagi versiyasini kimga bagʻishlashini bilmayman, lekin bu insonning qiyofasidagi ajratib turuvchi xususiyat menga allaqachon ayon". Ushbu xususiyatni ayting.