zakovatklubi.uz

Kunlardan bir kun U: “Men Qurʼonni butunlay yod oldim. Endi savol bersam buladimi?”, deydi. Ustozi esa juda qattiq ranjiydi va “Qurʼonni uzoq yillar davomida oʻrganishadi va kamdan-kam musulmonlar uni yod olib, ularni hofiz, deya ulugʻlashadi”, deydi. “Demak, men hofiz ekanman!” - deya tezkor javob qaytaradi, bolakay. Adolatsiz imtixonda U barcha suralarni bir soʻz ham qoldirmay aytib beradi. U Qurʼonni yoddan aytib, oʻz xotirasi bilan barchani hayratga soladi va arab adabiyotini nihoyatda zoʻr bilishi bilan barchani lol qoldiradi. Shu vaqtdan eʼtiboran, U shayh boʻladi. Mana, shaxsiy tarjimai xolidan parcha: “Oʻn yoshimda men Qurʼonni yod oldim va adabiyot fanini oʻrganib katta muvaffaqiyatlarga erishib, barchani qoyil qoldirdim”. Savol: U inson kim?

Manba